Íîâîñòè ÂÂÒÈ

 

Buyuk shoir va davlat arbobi

Buyuk shoir va davlat arbobi
14.02.2012 Shu munosabat bilan Oliy harbiy bojxona institutida ham Boburning serqirra ijodini o’rganishga bag’ishlangan ma’naviy tadbir o’tkazildi. Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi bilan hamkorlikda o’tkazilgan ushbu tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti olimlari, Toshkent Davlat madaniyat instituti huzuridagi “Meros” ansambli ishtirok etdi. Filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboev o’z ma’ruzasida Boburning boy ma’naviy merosi, uning davlatni boshqarish san’ati, harbiy mahoratiga atroflicha to’xtalib o’tdi. Xususan, Bobur o’z davrining tarixchisi, etnografi, o’lkashunosi, biolog, geograf, dinshunos olimi sifatida ulkan ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar yozib qoldirganligi, davlatchilikda vaqt me’yorlarini qayta ishlab chiqqanligi, pochta tizimiga qulay tarzda tartib berganligi va yana qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshirganligi, borgan yerida obodonchilik, bog’-rog’ barpo etganligi, Movarounnahr tamaddunini Sharqda tarqatgan buyuk shaxs ekanligi ta’kidlab o’tildi. Boburning davlatchilik siyosati o’zining yurtida tinch-osoyishta hayotni saqlash, saltanatni mustahkam qo’rg’onlar, yetuk askar, zobitlar bilan ta’minlash, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga yuksak e’tibor beribgina qolmasdan, sohibqiron bobosi Amir Temurdan qolgan saltanat tasarrufida bo’lgan yurt va yerlarni qayta egallash, muhim, yagona davlatchilik siyosatini yuritish, parokanda temuriyzodalarni bu maqsad sari birlashtirishdan iborat bo’lganligi aytib o’tildi. Tadbirda Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari ham faol ishtirok etib, ular Bobur ijodiga oid g’azal va ruboiylardan namunalar o’qishdi. Toshkent Davlat madaniyat instituti huzuridagi “Meros” ansambli rahbari Zohidjon Mamadalievning buyuk shoir g’azali bilan aytiluvchi qo’shiqlari esa tadbir qatnashchilarida ajoyib taassurot qoldirdi.

Âîçâðàò ê ñïèñêó

 
Íàöèîíàëüíûé êèíîëîãè÷åñêèé öåíòð Ãîñóäàðñòâåííîãî òàìîæåííîãî êîìèòåòà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Milliy kinologiya markazi                                                          
Manzilimiz:
100071, Toshkent shahar,Shayxontohur tumani, Qozirîbod 2-tor ko`chasi, 118 uy

(Tel.) (+99871) 245-59-86 (Faks.) (+99871) 227-46-56